Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron 4 ta yadro kallagi ishlab chiqarish uchun yetarli uranga ega - AEXA
Eron uran zaxirasini kamaytirish va’dasiga qaramay, uni oshirishda davom etmoqda va umumiy zaxirasi 6,5 tonnadan ortgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty Images
Eron 60 foizgacha boyitilgan uran ishlab chiqarishni keskin oshirmoqda, bu yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun yaroqli 90 foizgacha boyitishdan oldingi yakuniy texnik qadamdir. Eronning hozirgi zaxiralari keyingi boyitish bilan to‘rtta yadro kallagi ishlab chiqarish uchun yetarli bo‘ladi. Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) rahbari Rafael Grossi aytib o‘tdi.
Noyabr oyidagi AEXA hisobotida aytilishicha, 26 oktyabr holatiga ko‘ra Eron 60 foizga boyitilgan 182,3 kg uranga ega, bu avgust oyidagi hisobotga nisbatan 17,6 kg ko‘p. Eron uran zaxirasini kamaytirish va’dasiga qaramay, uni oshirishda davom etmoqda va umumiy zaxirasi 6,5 tonnadan ortgan.
21 noyabr kuni AEXA Boshqaruvchilar kengashi Eronni agentlik bilan faolroq va shaffof hamkorlik qilishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi.
Eron parlamenti spikeri Muhammad Qolibof buni «adolatsiz va konsensussiz» deb atadi va G‘arb davlatlarining Eronning «tinch» yadroviy dasturiga «noreal, siyosiylashgan va buzg‘unchi yondashuvini» aks ettirishini ta’kidladi. Keyin Eron bir qator yangi sentrifugalarni faollashtirish jarayonini boshladi. Qolibof so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Eronning xalqaro tuzilmalar tomonidan «siyosiy manipulyatsiyaga» qarshi turish qat’iyatini ko‘rsatadi, shu bilan birga mamlakat «faqat tinch texnologiyalardan» foydalanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
-
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Jahon | 18:58
Mavzuga oid

09:02
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos

18:28 / 26.07.2025
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi

07:40 / 24.07.2025
Eron TIV rahbari: Tehron uranni boyitishdan voz kechmaydi

22:18 / 22.07.2025