O‘zbekistonda "yashil" iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish konsepsiyasi tasdiqlandi, u quyidagilarni nazarda tutadi:
- "yashil" iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish asoslari;
- milliy shaffoflik tizimining maqsadlari va tamoyillari;
- milliy shaffoflik tizimini joriy etish bo‘yicha institutsional va tashkiliy choralar;
- milliy shaffoflik tizimida ma’lumotlar bilan ochiq almashish va resurslarni taqdim etish.
Uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi issiqxona gazlari chiqindilari va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xalqaro standartlarni qabul qilishi kerak.
Shuningdek, ilg‘or tajriba, xalqaro standartlar va xalqaro miqyosda o‘zaro tan olish tizimi tamoyillari asosida milliy shaffoflik tizimining mustaqil verifikatorlarini akkreditatsiya qilish tartibi tasdiqlanadi.
Milliy shaffoflik tizimining asosiy tamoyillari:
- qonuniylik;
- monitoring va hisobotning to‘liqligi, shaffofligi va aniqligi;
- monitoringning uzluksizligi, tekshirish imkoniyati va to‘liqligi;
- verifikatsiyaning ishonchliligi va mustaqilligi.
Milliy shaffoflik tizimi doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi Milliy shaffoflik tizimining milliy organi hisoblanadi va quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
2025 yildan boshlab har 5 yilda Parij bitimi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy ta’sirni baholash asosida iqlim o‘zgarishining oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha milliy majburiyatlarni belgilash;
MRV (monitoring, hisobot berish va tekshiruv) tizimi talablariga muvofiq taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘liqligi, ishonchliligi va sifatini nazorat qilish;
iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirishni muvofiqlashtirish va tartibga solish;
issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirishning milliy reyestrini joriy etish, issiqxona gazlarini qisqartirishni milliy va xalqaro darajada amalga oshirishni muvofiqlashtirish, birinchi navbatda milliy manfaatlarni hisobga olgan holda xalqaro majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash.
BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi doirasida issiqxona gazlari inventarizatsiyasi bo‘yicha Milliy hisobot ishlab chiqiladi. Ekologiya vazirligi shuningdek, tabiiy hududlarni boshqarish va muhofaza qilish, o‘rmon fondini kengaytirish, issiqxona gazlarining yutilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullanadi.
Issiqxona gazlari chiqindilari inventarizatsiyasi natijalari bo‘yicha to‘plangan va qayta ishlangan ma’lumotlar "Yashil iqtisodiyot" onlayn-platformasida joylashtiriladi.