Hujjat bilan Respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagi tartiblar nazarda tutilgan:
"O‘zkomnazorat" inspeksiyasi tomonidan "Raqamli nazorat" kompleks axborot tizimi orqali aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash;
respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlari reyestrini yuritish.
Nizomga ko‘ra, aloqa markazi – jismoniy va yuridik shaxslarning telefon murojaatlarini qabul qilish va ularga munosabat bildirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi va buning uchun zarur tashkiliy, texnik va boshqa resurslarga (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik markazlari) ega bo‘lgan tashkilot yoki bo‘linmadir.
Aloqa markazlari quyidagicha baholanadi:
- 71 balldan 100 ballgacha – "a’lo" baho ("yashil" toifa);
- 55 balldan 70 ballgacha – "yaxshi" baho ("sariq" toifa);
- 54 ballgacha – "qoniqarsiz" baho (qizil toifa