“O‘zkomnazorat” inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi
“O‘zbektelekom” kompaniyasi tizimida faoliyat yuritib kelgan Farrux Rustamov “O‘zkomnazorat” boshlig‘i etib tayinlandi. Raqamlashtirish vazirligi huzuridagi mazkur inspeksiyani 2022 yildan beri A’zam Abdullayev boshqarayotgandi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Prezident qarori bilan, Farrux Shoruxovich Rustamov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Farrux Rustamov faoliyati davomida “O‘zbektelekom” AK tizimida qator lavozimlarda ishlagan, 2024 yil yanvarda kompaniyaning Uzmobile filiali direktori etib tayinlangan.
Undan avval “O‘zbektelekom”ning “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali Markaziy telefon bog‘lamasi boshlig‘i, “Toshkent shahar-Telekom” tarmoqlar ekspluatatsiya markazi direktori, “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali direktori bo‘lgan.
“O‘zkomnazorat”ni 2022 yil apreldan beri A’zam Abdullayev boshqarayotgan edi.
Mavzuga oid

18:45 / 27.04.2022
«O‘zkomnazorat»ga yangi rahbar tayinlandi

08:42 / 19.02.2022
AOKAning ayrim vakolatlari «O‘zkomnazorat»ga beriladi

18:32 / 12.11.2021
Ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi: bu inauguratsiya oldidan ro‘y bergani tasodifmi?

13:15 / 11.11.2021