Reglament yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid barcha holatlarga tatbiq etiladi, noturar ko‘chmas mulkning hadya va renta shartnomalari bundan mustasno.
Bunda, reglament taraflar tomonidan noturar ko‘chmas mulkni o‘tkazishga oid shartnomalarni o‘zaro mustaqil ravishda yoki notarial tartibda tasdiqlagan holda rasmiylashtirishga to‘sqinlik qilmaydi.
Shartnoma quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
- arizachilar (yuridik shaxslar vakillari) davlat xizmati markaziga shaxsan kelgan holda murojaat qilishadi;
- Davlat xizmatlari markazi 20 daqiqada arizachilarning shaxsini aniqlaydi, shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi va shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;
- Davlat kadastrlari palatasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestridan ko‘chirmani Davlat xizmatlari markaziga yuboradi;
- Davlat xizmatlari markazi ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchilarni bu haqda xabardor qiladi. (so‘rovga ko‘ra ko‘chirma qog‘oz shaklda berilishi mumkin).
Shartnomani davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.