Malta YeXHT bilan uchrashuvdan oldin Mariya Zaxarovaning vizasini bekor qildi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘z vakiliga nisbatan bu harakatni misli ko‘rilmagan deb atadi.

Foto: TASS
Malta rasmiylari 5-6 dekabr kunlari Vallettada bo‘lib o‘tadigan YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishidan bir necha kun oldin Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning vizasini bekor qildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonotida aytiladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu qadamni misli ko‘rilmagan deb atadi va vizaning «o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli» bekor qilingani aytilganini ta’kidladi. Rossiya tomoni bo‘lajak yig‘ilishda ushbu qarorga alohida e’tibor qaratishini bildirdi va G‘arb davlatlarini YeXHTdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanayotganlikda aybladi. Mariya Zaxarova Malta rasmiylarining harakatlarini «g‘arbiy gidraning hiyla-nayranglari» oqibati deb atadi.
Maltadagi tadbirda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham ishtirok etishi kutilmoqda. Uning uchrashuvdagi ishtiroki Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon yuqori darajali rossiyalik diplomatning Yevropa Ittifoqi davlatiga ilk tashrifi bo‘ladi. Lavrov ham xuddi Zaxarova singari Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar ostida.
Mavzuga oid

18:48 / 08.03.2025
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi

08:20 / 08.03.2025
Reuters: AQSh Rossiya neft va gaziga nisbatan sanksiyalarni yumshatishi mumkin

20:38 / 07.03.2025
Tramp Rossiyaga muzokaralardan bosh torsa «jiddiy sanksiyalar» bilan tahdid qildi

18:59 / 06.03.2025