Finlandiyada kabellar uzilishida jinoiy maqsad aniqlanmadi

Jahon 11:53 1140

Finlandiya va Shvetsiya o‘rtasidagi ikkita yerusti optik tolali kabellardagi uzilishlar qurilish ishlari tufayli sodir bo‘lgan deb taxmin qilingan. Voqea ortida jinoiy maqsad yo‘q. Bu haqda 3 dekabr, seshanba kuni Finlandiya politsiyasiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

«Kabelning shikastlanishi bilan bog‘liq ikkita holatda jinoiy maqsadda gumon qilish uchun hech qanday asos yo‘q», deyiladi bayonotda. O‘z navbatida, Finlandiya transport va kommunikatsiyalar vaziri Lulu Ranne, bu aftidan, tasodif ekanligini aytdi.

Finlandiyada internetdagi uzilishlar

Traficom transport va aloqa agentligining ma’lum qilishicha, kabellarning yaxlitligi 3 dekabr kuni tushga qadar tiklangan. GlobalConnect aloqa operatori avvalroq tanaffus Finlandiyada internetda keng ko‘lamli uzilishlarga olib kelgani haqida xabar bergan edi.

So‘nggi paytlarda Boltiq dengizida ikkita dengizosti optik tolali aloqa kabeliga shikast yetgani sababli butun mintaqa politsiyasi shay holatga keltirilib, bu diversiya bo‘yicha gumonlarni kuchaytirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: