Harbiy holat e’lon qilingach, Janubiy Koreya valutasi qadrsizlandi

Jahon 22:06 / 03.12.2024 3908

Janubiy Koreya vonasi kursi dollarga nisbatan 2,6 foizga pasayib, 1 dollar uchun 1442 vonani tashkil etdi, bu valutaning ikki yillik eng past ko‘rsatkichidir.

Fond bozorlari mamlakatdagi siyosiy voqealarga salbiy reaksiya bildirdi. Kunning ikkinchi yarmida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol «Shimoliy Koreya tarafdori kuchlarni yo‘q qilish va erkin konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish» maqsadida harbiy holat joriy etilganini e’lon qildi. Shu bilan birga, u o‘z qarorini ichki siyosiy muammolar: muxolifatning mamlakatda tartibsizlik yaratish niyati bilan izohladi.

Mamlakatdagi voqealar birjadan tashqari savdolarda ham birja indekslarining pasayishiga olib keldi, chunki Janubiy Koreyaning o‘zida harbiy holat e’lon qilingan vaqtga kelib savdolar allaqachon tugagan edi.

MSCI South Korea indeksi 4 foiz yo‘qotib, 52 haftalik eng past darajaga yetdi, Franklin FsE in South Korea indeksi esa 3 foiz pasaydi. Xorijdagi savdolarda Janubiy Koreyaning Hyundai Motor (–6%), LG Electronics (–3,5%) va POSCO (–5,9%) metallugiya kompaniyasi aksiyalari narxi pasayish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: