YeTTB O‘zbekistonda ayollar va yoshlar tadbirkorligi dasturlarini rivojlantiradi

O‘zbekiston 15:33 / 02.12.2024 952

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning YeTTB bilan moliyaviy va investitsiyaviy hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

YeTTB Kengashi direktori Liliana de Sa Kirxknopf bank hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholashini va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda "yashil" iqtisodiyot, energetika va transport sohalaridagi loyihalar YeTTB tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, ayollar va yoshlar tadbirkorligi dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

YeTTB shu kunga qadar O‘zbekiston bilan hamkorlikda jami 164 ta loyihani amalga oshirgan. Umumiy loyihalar portfelining 52 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: