Rossiyada 1 dekabr, yakshanba kuni armiya sonini 180 ming harbiy xizmatchiga, 1,5 million nafargacha yetkazish to‘g‘risidagi prezident farmoni kuchga kirdi. Sentyabr oyi o‘rtalarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan hujjat harbiy xizmatchilar sonining ko‘payishi hisobiga Rossiya Qurolli Kuchlarining umumiy sonini 2 389 130 kishigacha oshirishni nazarda tutadi.
QK shtat birligi 2,5 yil ichida uchinchi marta oshirildi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri Putin Qurolli Kuchlarning shtat birligini ikki marta oshirdi: 2022 yil avgustida — 137 ming kishiga, 2023 yil dekabrida — 170 ming kishiga.
Urush boshlanishidan oldin RF Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilar soni 1 013 628 kishini tashkil etgandi.
OAV xabarlariga ko‘ra, Rossiyada harbiy xizmatchilar yetishmasligi sababli korxona xodimlarini safarbarlikdan saqlab qolish qoidalari o‘zgartirilgan. Boshqa narsalar qatorida, o‘z xodimlariga bron taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati qisqartirildi.