Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Buxoro viloyat hokimligi rasmiy vakillari hamda mahalliy turizm kompaniyalari ishtirokida davra suhbati va V2V uchrashuvlar tashkil qilindi.
Uchrashuvda sayyohlik kompaniyalari o‘z imkoniyatlarini namoyish qilishdi, Buxoro viloyati va O‘sh viloyatining turizm salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, mavjud turizm imkoniyatlaridan foydalanib, xorijiy sayyohlarning respublikada ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddatlarini uzaytirish bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazildi.
Buxoro viloyatining Tour East, Euro Vostok, Jasmin Travel, Ziyarat Travel, Al-voris Travel kabi yetakchi turistik kompaniya bilan sayyohlar almashinuvi bo‘yicha 10 ga yaqin memorandum imzolandi.