O‘zbekiston elchixonasi rahbariyati Polsha Xalq ta’limi vazirligining Mazoviya voyevodligi bo‘yicha ta’lim Kengashi rahbari Violetta Kshijanovskaya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Polshada o‘qish istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik abituriyentlarning hujjatlarini nostrifikatsiya qilish va qonuniylashtirish tartibi xususida fikr almashildi.
Polsha tomoniga O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.