Safar davomida viloyat rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Ularda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, chet ellik mutaxassislarni jalb etish orqali xorijga mutaxassislarni jo‘natishdan oldingi til va kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda sifatini oshirish, o‘zaro hamkorlikda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish, shuningdek, xorijiy ish beruvchilarning qiziqishlari va talablari muhokama qilindi. Xorijga chiqayotgan fuqarolar o‘rtasida profilaktika tadbirlarni birgalikda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Safar davomida har uchala viloyatdagi kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlari, "Ishga marhamat" monomarkazlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Kasb-hunar va til tayyorgarligi darajasi va mazmuni, o‘quv xonalarining jihozlanishi, kasblar ro‘yxati, o‘qish muddatlari, o‘qituvchilarning malakasi, kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi, bitiruvchilar soni va o‘quv jarayonining boshqa parametrlari o‘rganildi. Xorijda talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish tartibi va mexanizmi kelishib olindi.
Ishchi guruh xususiy nemis tili o‘quv markazlarida bo‘lib, o‘quv dasturlari va ta’lim jarayonining texnik tomonlarini o‘rgandi. Ushbu o‘quv markazlarida hozirgi kunda 500 ga yaqin talabalarga sifatli ta’lim berilmoqda. Ular bilan nemis tilini bilish sertifikatini olgan holda Germaniyada ishga joylashish bo‘yicha kelishuv mavjud.
Respublika rahbariyati tomonidan qabul qilingan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qarorning asosiy qoidalari, TIV tomonidan chet ellik mutaxassislarni kasbiy va til o‘qitishga jalb etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, xorijiy tomon tomonidan qo‘yilgan malaka talablariga muvofiq respublika hududlarida til va kasbga tayyorlash bo‘yicha Britaniya va Germaniya markazlarini ochish masalalari muhokama qilindi.
Xorijga yo‘naltirilgan kasb-hunar va til ta’limi bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish, ta’lim darajasini xorijiy ish beruvchilar va ishga qabul qiluvchi kompaniyalarning talablari darajasiga yetkazish, shuningdek, O‘zbekistondan turli mutaxassisliklar va ishchi kasblari bo‘yicha ishchi kuchini jalb qilishga talab ortib borayotganini hisobga olgan holda, o‘quv kontingenti sonini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘quv kurslari va kasb-hunar markazlariga tashrif davomida, shuningdek, talabalar bilan ularni sifatli bilim, ko‘nikma va malaka olishga undashga qaratilgan suhbatlar o‘tkazildi.
Tashrif chog‘ida O‘zbekistonga xorijiy loyihalar, jumladan, Globogate, ConsultingUz va boshqa loyihalarni jalb etish orqali fuqarolarni tayyorlash darajasini oshirish bo‘yicha hududlarning imkoniyatlari tahlil qilindi.