Uchrashuvda Buxoroning turizm salohiyati taqdim etilib, unda sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturi, tarmoqni rivojlantirish tendensiyalari, turpaketlar bo‘yicha yangi loyihalar, qulay sharoitlar va qulay sayohat yo‘nalishlari taqdim etildi. Har bir davlat, jumladan, Rossiya xalqlari manfaatlarini hisobga olgan holda mintaqada yaratilayotgan zamonaviy turizm infratuzilmasi haqida aytib o‘tildi.
Rossiya tomoni, o‘z navbatida, Rostov-Don shahrining turizm imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.
Sayyohlik kompaniyalari istiqbolli tashrif buyuruvchilarning istak va manfaatlarini inobatga olgan holda qo‘shma turpaketlarni ishlab chiqish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidlandi.
Shu bilan birga, ishtirokchilar O‘zbekiston tomonining 2025 yilda Rostov-Don shahrida Buxoro madaniyati kunlarini o‘tkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
Uchrashuv yakunida Buxoro va Rostov-Don shaharlari o‘rtasidagi turizm yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi.