Rubl va so‘m dollarga nisbatan qadrsizlandi, neft narxi yana arzonlashyapti – xalqaro moliya bozori sharhi

Iqtisodiyot 19:05 / 30.11.2024 9310

AQSh iste’molchilar indeksi noyabr oyida 2,1 punktga o‘sib, 111,7 punktni tashkil etdi. Shu kabi holatni shaxsiy iste’mol xarajatlari indeksida ham kuzatish mumkin, ya’ni PCE indeksi oktyabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra 0,2 foizga ko‘tarilib, 2,3 foizga yetgan. Shu bilan birga, AQSh YaIM uchinchi chorakda prognozga qaraganda yaxshiroq chiqqaniga qaramay, avvalgi ko‘rsatkichiga nisbatan pasaygan. FOMC bayonotiga ko‘ra, amaldorlar inflatsiyani nazoratdan chiqazmaslik haqida muhokama o‘tkazgan. Agarda holat yomonlashadigan bo‘lsa, stavkani tushirishni to‘xtatib turish to‘g‘risida tavsiya berilgan.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 25 noyabrdan 29 noyabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.       

AQSh top fond bozorlari indeksi:

●     S&P500 – 6032 (hafta boshidan +1,06 foiz, yil boshidan +25,47 foiz);

●     NASDAQ – 19218 (hafta boshidan +1,13 foiz, yil boshidan +28,02foiz);

●     DJI – 44910 (hafta boshidan +1,39 foiz, yil boshidan +19,16

foiz).

Dow Jonesb NASDAQ va S&P500 indekslari mos ravishda 614 punkt, 214 punkt va 63 punktga ko‘tarildi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

●     Oltin – 2650 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -2,41 foiz, yil boshidan +28,49 foiz;

●     Kumush – 31,62 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -2,25 foiz, yil boshidan +28,78 foiz.

●     Alyuminiy – tonnasi 2592 dollar (hafta boshidan -1,44 foiz; yil boshidan +8,55 foiz);

●     Mis – 4,09 dollar (hafta boshidan +0,29 foiz; yil boshidan +6,09foiz).

Oltin, kumush va alyuminiy hafta davomida mos ravishda 65,5 dollar, 0,71 dollar, 37,9 dollarga arzonlashdi. Faqatgina mis 0,01 dollarga o‘sdi.

Neft

●     WTI – 68,11 dollar (hafta boshidan -4,23 foiz, yil boshidan -4,46 foiz);

●     BRENT – 72,03 dollar (hafta boshidan -4,02 foiz, yil boshidan      -6,5 foiz). 

Hafta davomida neftning WTI markasi 3,01 dollarga, BRENT esa 3,02 dollarga arzonlashdi.  

Valutalar

●     USD/EUR:  +1,50 foiz (yil boshidan -4,19 foiz);

●     CNY/USD:   -0,04 foiz (yil boshidan +2,04 foiz);

●     TRY/USD:  +0,45 foiz (yil boshidan +17,71 foiz);

●     UZS/USD:    +0,39 foiz (yil boshidan +4,47 foiz);

●     RUB/USD:  +2,09 foiz (yil boshidan +19,19 foiz).

Hafta davomida yevro va yuan dollarga nisbatan mos ravishda 1,5 foiz, 0,04 foizga mustahkamlandi, lira, rubl va so‘m esa 0,45 foiz, 0,39 foiz va 2,09 foizga pasaydi

Kriptovaluta

●     Bitcoin – 97374 dollar (hafta boshidan -0,55 foiz, yil boshidan +129,6 foiz); 

●     Ethereum – 3594 dollar (hafta boshidan +6,88 foiz, yil boshidan +57,45 foiz).  

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib 25 noyabrdan 29 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.               

Ko‘proq yangiliklar: