Germaniya bosh prokurori Yyens Rommel «Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim 2» gaz quvurlarini portlatishda gumon qilinayotgan ikki nafar shaxsning kimligi aniqlanganini ma’lum qildi. Biroq, u gumondorlarning ismini aytmadi.
Rommelning qayd etishicha, departament boshqa ayblanuvchilarning shaxsini, jinoyat sabablarini va operatsiya ustidan boshqa davlatning ehtimoliy nazoratini aniqlashda davom etmoqda. Shu bilan birga, Ukrainaning gaz quvurlaridagi portlashlarga aloqadorligi haqidagi savolga javoban bosh prokuror «Shimoliy oqim» quvuriga yetkazilgan zarar faktini tekshirayotganini aytdi.
«Shu tarzda har qanday siyosiy kelishuvlardan qat’i nazar, mahalliy iqtisodiyot va jamiyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, mamlakatimizning energiya tejash tizimiga jiddiy hujum qilindi», dedi Rommel.
«Shimoliy oqim» quvuridagi portlash 2022 yil sentabr oyida sodir bo‘ldi. Dastlab tergov Germaniya, Shvetsiya va Daniya tomonidan olib borildi, biroq oxirgi ikki davlat 2024 yil fevralida tergovni to‘xtatdi. Avgust oyida Germaniya Bosh prokuraturasi Ukraina fuqarosi, sho‘ng‘ish bo‘yicha instruktor Vladimir Juravlyovni hibsga olish bo‘yicha order berdi. 27 noyabr kuni Die Welt gazetasi gaz quvurlarini portlatish uchun kamida oltita bomba joylashtirilgani haqida xabar qildi.