​​​​​​​Bitta shaxs nomiga ochiladigan bank kartalarining soni bo‘yicha cheklovlar qanday bo‘ladi?

O‘zbekiston 15:07 2461

Markaziy bank bitta shaxs nomiga beriladigan kartalar sonini cheklash haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Bitta jismoniy shaxsga bitta bank kartasi berilishi bo‘yicha me’yorlar o‘rnatilayotganligi to‘g‘risida axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida jismoniy shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirish maqsadida banklar tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JShShIRga) kartalar sonini (virtual va kobeydjing kartalarini inobatga olgan holda) vaqtinchalik bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda», deyiladi MB xabarida.

Bunda ushbu talab chet el valutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmasligi aytilgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda jismoniy shaxslarning qariyb 97 foizi (22 mln) 5 tagacha, 3 foizi (770 ming) 5-20 tagacha hamda 0,03 foizi yoki 7 ming nafari 20 tadan oshiq kartalar rasmiylashtirgan.

Avvalroq, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev bitta shaxs nomiga beriladigan kartalar sonini cheklash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: