Qozog‘iston 2024 yil oxirigacha Rossiya g‘allasining O‘zbekiston va Xitoyga reeksportiga cheklovlar joriy qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri O‘ljas Bektenov ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.
Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOI) va uchinchi davlatlardan bug‘doy importiga ilgari o‘rnatilgan taqiq bilan bog‘liq.
«Avval Qozog‘iston ichki bozorni himoya qilish uchun YeOII va uchinchi davlatlardan bug‘doy importini taqiqlagan edi, bu Rossiya g‘allasining O‘zbekiston va Xitoyga reeksport qilish hajmiga ham ta’sir ko‘rsatdi», deb aniqlik kiritdi Bektenov.
Bundan tashqari, bosh vazir 2024 yilda Qozog‘istonda YeOII mamlakatlari tovarlari tranziti uchun yagona tariflar oshirilganini ma’lum qildi.