Toshkent shahar IIBB YHXB Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 26 noyabr kuni soat 20:30 larda Yangihayot tumani 4R21 ko‘chasi 40 yoshli Q.A. boshqaruvidagiyuk transport vositasi va 37 yoshli I.Q boshqaruvidagi Isuzu rusumli transport vositasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Isuzu yuk transport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmasliklarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, Ohangaronda o‘zaro to‘qnashgan Cobalt mashinasi va Isuzu avtobusi yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.