“O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qilishicha, Baliqchi tumanida faoliyat yurituvchi “T.T.” MChJ mas’ul shaxslari to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulab, 630 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Shuningdek, Andijon tumani “B.Ch.” va “O.R.” xususiy korxonalari mas’ul shaxslari tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 366 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.