Andijon viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi
Polkovnik Sanjar Jabborov Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Foto: IIV
Ichki ishlar vaziri ishtirokida xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi tashkil etildi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.
Sessiyaning asosiy kun tartibiga ko‘ra, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan polkovnik Sanjar Jabborov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sanjar Jabborov 2022 yildan beri Sirdaryo IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi, undan oldin esa Namangan viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida esa 2021 yilda beri Ayubxon Rahmatullayev ishlab kelayotgan edi. U joriy yilning 11 mart kuni ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Avvalroq polkovnik Abdumajid Shermuhammedov Xorazm viloyati IIB boshlig‘i bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. U tayinlovga qadar Yunusobod tumani bo‘yicha IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid

16:16 / 15.03.2025
Andijon xalqaro aeroportida aerodrom rekonstruksiyasining 1-bosqichi yakunlandi

10:22 / 14.03.2025
Farg‘ona, Namangan va Andijonda korrupsiya bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

20:13 / 13.03.2025
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

08:40 / 12.03.2025