Hindistondagi kasalxonada vafot etgan erkak krematsiyadan oldin o‘ziga keldi

Jahon 15:57 2258

Hindistonning Jhunjhunu shahrida shifokorlar tomonidan vafot etgan, deb e’lon qilingan fuqaro krematsiya marosimidan bir necha daqiqa oldin o‘ziga keldi. Bu haqda Times of India xabar bermoqda.

Nashrga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da EKG Rohitash Kumarning yuragi to‘xtaganini ko‘rsatgan, shundan so‘ng shifokorlar uning vafotini tasdiqlagan. Biroq marhumning jasadini yorib ko‘rish amalda o‘tkazilmay, faqat qog‘ozda rasmiylashtirilgan. Soat 17:05 da jasadni dafn etish uchun topshirishgan. Ammo eng mas’uliyatli paytda, krematsiyadan bir necha soniya oldin, Rohitash kutilmaganda hayot alomatlarini ko‘rsata boshlagan. Yaqinlari uni darhol kasalxonaga qaytargan.

Jhunjhunu inspektori Ramavatar Mina o‘lim sababi haqidagi hisobot murda yorib ko‘rilmasdan tuzilganini ta’kidladi. Shifokorlar o‘lim sababini o‘pka kasalligi oqibatida yuzaga kelgan nafas yetishmovchiligi deb ko‘rsatishgan. Ularning e’tiborsizligi sabab tergov boshlandi va vaziyatga oydinlik kiritilguncha uch nafar tibbiyot xodimi ishdan chetlashtirildi.

Times of India xabarida aytilishicha, 25 yoshli Roxitash Kumar 2024 yil sentabr oyidan beri aqliy nuqsoni bor insonlarga mo‘ljallangan markazda bo‘lgan.

2019 yilda ham Hindistonning Lakxnau shahrida bir erkak tiriklayin dafn qilinishiga bir baxya qolgandi. Yo‘l-transport hodisasiga uchrab, xususiy klinikaga yetkazilgan erkakning vafoti e’lon qilingach, yaqinlari uni dafn etmoqchi bo‘lishgan. Ammo marosim vaqtida ba’zilar murdaning qo‘l-oyoqlari qimirlayotganini sezib qolishgan.

Ko‘proq yangiliklar: