Eron o‘z yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Jahon 09:10 1838

Eron 29 noyabr kuni Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Eronning ISNA davlat agentligi 24 noyabr, yakshanba kuni ushbu mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili Esmoil Bagayga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, uchrashuv tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tgan Nyu-Yorkdagi avvalgi aloqalarning davomi bo‘ladi.

«Nyu-Yorkda rejalashtirilgan ushbu muzokaralar raundida bir qator mintaqaviy va xalqaro muammolar, jumladan Falastin va Livan, shuningdek, yadroviy muammolar muhokama qilinadi», dedi Bagay.

Reuters: Eron Tramp inauguratsiyasigacha boshi berk ko‘chadan chiqish yo‘lini topmoqchi

Ayni paytda Yaponiyaning Kyodo agentligi uchrashuv Jyenevada bo‘lib o‘tishi va unda Yevropaning uchta davlati diplomatlaridan tashqari, Yevropa Ittifoqi vakillari ham ishtirok etishi haqida xabar berdi.

Reuters xabariga ko‘ra, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon boshchiligidagi Eron rasmiylari yanvar oyida AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi oldidan yadroviy boshi berk ko‘chadan chiqish yo‘lini izlamoqda.

Eronning yuqori martabali rasmiysi muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqladi: «Tehron har doim yadroviy muammo diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi kerak, deb hisoblagan. Eron hech qachon muzokaralardan qaytmagan».

AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) boshqaruvchilar kengashi 21 noyabr kuni rezolyutsiyani qabul qildi, unga ko‘ra tashkilot rahbari Rafael Grossi 2025 yil bahorigacha Eron yadro dasturi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha hisobot tayyorlashi kerak.

Yaponiyaning NHK media-kompaniyasi o‘z veb-saytida yozganidek, hujjat 2019 va 2020 yillarda aniqlangan deklaratsiya qilinmagan obektlarda uran izlari borligi kabi masalalarni o‘rganadi. Bundan tashqari, rezolyutsiyada Eron AEXA bilan hamkorlik qilmayotgani uchun qoralanadi va agentlik Islom Respublikasining yadroviy faoliyati haqida keng qamrovli hisobot chop etishga chaqiriladi.

Rezolyutsiya Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan tayyorlangan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, hujjat AEXA boshqaruvchilar kengashiga a’zo 19 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Yana 12 davlat betaraf qoldi. Rossiya, Xitoy va Burkina Faso rezolyutsiyani rad etdi.

Ko‘proq yangiliklar: