Putin: Rossiya jangda «Oreshnik» raketasini sinovdan o‘tkazishda davom etadi

Jahon 12:22 3044

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning yangi «Oreshnik» raketasi sinovlarini «muvaffaqiyatli» deb atadi. «Aytganimizdek, vaziyat va Rossiya uchun yaratilayotgan xavfsizlik tahdidlarining xususiyatiga qarab, biz ushbu sinovlarni, shu jumladan jangovar sharoitlarda ham davom ettiramiz», dedi u 22 noyabr, juma kuni Rossiya Mudofaa vazirligi va Rossiya mudofaa sanoati rahbariyati bilan uchrashuvda.

Bundan tashqari, Putin «Oreshnik» raketasi Rossiya Qurolli kuchlarida foydalanishga qabul qilingani va uni seriyali ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qildi.

SRQ qo‘mondoni: «Oreshnik» raketasi butun Yevropadagi nishonlarni urishga qodir

O‘z navbatida, Rossiya Strategik raketa qo‘shinlari (SRQ) qo‘mondoni Sergey Karakayev Putin bilan uchrashuvda «Oreshnik» butun Yevropa bo‘ylab nishonlarga zarba bera olishini aytdi, bu «uni uzoq masofaga mo‘ljallangan aniq qurollarning boshqa turlaridan ajratib turadi».

Karakayevning ta’kidlashicha, «Oreshnik» raketa tizimini ishlab chiqish «strategik raketa qo‘shinlarining har xil turdagi nishonlarni, ham yadroviy bo‘lmagan, ham yadroviy qurollarda belgilangan vazifaga muvofiq urish uchun jangovar imkoniyatlarini kengaytiradi».

Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi

Britaniya Mudofaa vaziri Jon Xili 21 noyabr kuni Britaniya parlamentining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida: «So‘nggi haftalarda biz Putin va uning qurolli kuchlari tomonidan vaziyat keskinlashtirilganini ko‘rdik», deya Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi vaziyat eskalatsiyasida aybladi. Vazirning ta’kidlashicha, Rossiya qish arafasida Ukraina energiya ta’minoti tizimiga, shuningdek, tinch aholi nishonlariga hujumlarini kengaytirgan.

Britaniya mudofaa idorasi rahbarining aytishicha, «Rossiya kamida 10 ming Shimoliy Koreya askarini frontga jo‘natgan. Va bugun OAVda Rossiya Ukrainaga yangi ballistik raketa uchirgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar bor. Bilaman, ular bir necha oy davomida tayyorgarlik ko‘rishgan». U frontdagi vaziyatning jiddiyligini ta’kidlab, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri uning chizig‘i shu qadar beqaror bo‘lmaganini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: