Qaror bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:
- barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi;
- unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.
Shuningdek, 2030 yil 1 yanvargacha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovarlarga bojxona to‘lovlari to‘lamaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):
- zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
- kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
- o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.
2025 yil 1 yanvardan boshlab:
- nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga «A-2» o‘qituvchi kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;
- davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHM 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.