21 noyabr kuni bortida 320 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Jidda—Toshkent—Jidda yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys kutib olindi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha muntazam reyslar Airbus A330 samolyotlarida haftasiga besh marta: dushanba, chorshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. 1 dekabrdan boshlab samolyotlar shu yo‘nalishda har kuni parvoz qilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 15 dekabrdan boshlab Flydeal Jiddadan Namanganga ham parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
Flydeal Saudiya Arabistonining arzon havo tashuvlarini amalga oshiruvchi aviakompaniyasi bo‘lib, Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida joylashgan.