O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan olingan general-leytenant Abdusalom Azizov faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum emas.
Tarmoqlarda Azizov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ishga o‘tkazilgani haqidagi xabarni hech bir rasmiy idora tasdiqlamadi.
Eslatib o‘tamiz, Azizovning ishdan bo‘shatilishi Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruvlar bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Avvalroq mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.