Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida

Jahon 14:18 2640

Vengriya mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Ukraina bilan chegaraga yaqin hududda havo hujumidan mudofaa tizimlarini o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 20 noyabr, chorshanba kuni kechki payt mamlakat mudofaa vaziri Kristof Salay-Bobrovnitskiy ma’lum qildi. «Biz tinchlikka harbiy yo‘l bilan emas, balki imkon qadar tezroq diplomatiya yo‘li bilan erishilishiga ishonishda davom etamiz», dedi mudofaa idorasi boshlig‘i o‘zining Facebookʼdagi sahifasida Ukrainadagi voqealarni muhokama qilish uchun bosh vazir Viktor Orban tomonidan chaqirilgan Mudofaa kengashi yig‘ilishidan so‘ng e’lon qilingan videoda. «Biroq, barcha ssenariylarga tayyorgarlik ko‘rish uchun men shimoli-sharqda yaqinda sotib olingan havo harakatini boshqarish va havo mudofaa tizimlarini o‘rnatishni buyurdim», dedi vazir.

Vazir: Urush eskalatsiyasi xavfi har qachongidan ham jiddiy

U bu qarorini Ukrainaning Rossiyaga chuqur zarba berish uchun ATACMS Amerika raketalaridan foydalanishi fonida mojaroning kuchayishi tahdidi bilan izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushning avj olish xavfi har qachongidan ham katta.

Vazir Vengriya havo hujumidan mudofaa tizimining qaysi qismlari mamlakat shimoli-sharqida o‘rnatilishiga aniqlik kiritmadi. 2023 yilda Vengriya Fransiyaning «Mistral» havo mudofaa tizimlarini sotib oldi. 2020 yilda Budapesht Norvegiyaning Kongsberg kompaniyasi va Amerikaning qurol ishlab chiqaruvchi Raytheon Technologies kompaniyasidan NASAMS havo mudofaa tizimlarini xarid qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: