Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi

O‘zbekiston 15:31 4876

22 noyabr kuni Toshkent ko‘chalaridan birida davlat raqami “01 222 DAA” bo‘lgan Malibu-1 avtomobili svetoforning qizil chirog‘ida harakatlandi.

Internetda tarqalgan videoda u piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan kishini urib yuborishiga bir baxya qolgani ko‘rinadi.

Bundan tashqari, avtomobil avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakdan harakatlangan.

Kun.uz ushbu video yuzasidan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev bilan bog‘landi. U holat nazoratga olinganini bildirdi.

Avvalroq, taqiqlangan joydan burilib qoidabuzarlik sodir qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli «01 050 FVV» raqamli Malibu avtomobili haydovchisiga qonuniy chora ko‘rilgani xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: