621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Jamiyat 09:02 / 21.11.2024 2517

Energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi “Yu.M.A” MChJ rahbari M.Yu. novvoyxonani gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan. Natijada jami 621,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. 

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: