Zelenskiy Radaga Ukrainaning «matona rejasi»ni taqdim etdi

Jahon 13:32 1757

Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy 19 noyabr, seshanba kuni Oliy radada Ukrainaning «matona rejasi»ni taqdim etdi. Uning asosiy qoidalari Ukraina ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Radaning bir qator deputatlari tomonidan Telegramʼda bayon etilgan.

Qayd etilishicha, reja 10 banddan iborat: «Birlik», «Front», «Qurol», «Pul», «Energetika», «Xavfsizlik», «Jamoatlar», «Inson kapitali», «Madaniy suverenitet» va «Qahramonlar siyosati» (faxriylarni qo‘llab-quvvatlash).

Hujjatda boshqa narsalar qatorida Ukrainada urush davrida saylovlar o‘tkazish mumkin emasligi ham qayd etilgan. Ukrain matbuot Zelenskiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi: «Dunyoda hech kim Ukrainadan urush paytida saylov o‘tkazishni talab qilmagan yoki talab qilmayapti».

Qurol ishlab chiqarish haqida

Reja 2024 yilgacha kamida 30 000 ta uzoq masofaga uchuvchi dronlarni ishlab chiqarish va ekipajlar uchun «ularning avtonomiyasini oshirish uchun» moliyalashtirishni ko‘paytirishni o‘z ichiga oladi. «Zelenskiy shuningdek, 3000 ta qanotli raketalarni ishlab chiqish (ishlab chiqarish) vazifasini qo‘ygan va harbiy sohada innovatsiyalarni kuchaytirish uchun Texnologik shtab tashkil etiladi», deb yozadi Liga.net internet nashri.

Bundan tashqari, Ukraina davlati rahbari safarbarlik yoshiga yetmagan fuqarolar uchun Ukraina Qurolli kuchlarida xizmat qilish bo‘yicha  shartnomalar tizimini o‘zgartirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 18 noyabr kuni Donetsk oblastining Pokrovsk va Xarkiv oblastining Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi. Pokrovskni himoya qilayotgan 25-alohida havo-desant brigadasi joylashgan joyga tashrifi haqida u Telegramʼda: «Bu frontning keskin qismi», deb yozdi.

U brigadaning to‘rt nafar askariga «Harbiy xizmatlar xochi» ordenini topshirdi. «Faqat sizning mustahkamligingiz tufayli Sharq Rossiya Federatsiyasi tomonidan to‘liq bosib olinmagan», — dedi davlat rahbari Telegramʼda e’lon qilingan videoda.

Zelenskiy brigada komandiri Yevgeniy Lasiychukning Pokrovskdagi xavfsizlik holati haqidagi hisobotini tingladi, shuningdek, hududda yangi mudofaa liniyalari qurilishining borishi bilan tanishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rejalashtirilgan narsalarning aksariyati allaqachon jihozlangan.

Ukraina va Rossiya qo‘shinlari o‘rtasidagi front chizig‘i urushdan oldin 60 mingga yaqin aholi istiqomat qilgan konchilar shaharchasidan sakkiz kilometr janubi-sharqda joylashgan. Fevral oyida rus qo‘shinlari Donetsk yaqinidagi Avdiyivka shaharchasini egallab olishdi va shundan so‘ng asta-sekin Pokrovsk tomon oldinga siljishdi.

Boshqa bir videoda Zelenskiy Kupyanskka safari haqida xabar berdi. Rossiya qo‘shinlari shahardan bir necha kilometr shimoli-sharqda joylashgan. U 2022 yil sentabr oyi o‘rtalarida Rossiyaning olti oydan ortiq okkupatsiyasidan so‘ng ozod qilindi, ammo front yana yaqinlashmoqda. Bir necha kun oldin shaharga rus zirhli texnikalarining kichik kolonnasi kirib kelgan, ammo yo‘q qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: