Muloqot davomida O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rgatish va tajribali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar, shuningdek, O‘zbekistonda tashkil etilgan ijod maktablari va ularda yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berildi.
Jumladan, joriy yilda Fransiya hukumati bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik o‘qituvchilar uchun Nitssa shahrida malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli tashkil etilgani va ushbu yo‘nalishda Fransiyaning boshqa yetakchi ta’lim muassasalari bilan ham yaqindan hamkorlik qilish talabi ortayotgani ta’kidlandi.
CAVILAM - Alliance française markazi rahbari Magali Lepron O‘zbekiston ijod maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun markazda malaka oshirish va ta’lim dasturlarini tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikka oid memorandum loyihasini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishib oldilar.