Bemorni tabibga olib borgan mashina tez yordam xizmatiga tegishli emasligi ma’lum qilindi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tabibning oldiga borgan mashina 103 xizmatiga tegishli emas, deb munosabat bildirdi Respublika tez tibbiy yordam markazi. Mashina Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy klinikalardan biriga qarashli bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam mashinasi belgilarini eslatuvchi avtomashina tabibning oldiga bemorni olib borgani videosi tarqaldi. Holatga Respublika tez tibbiy yordam markazi rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, Qo‘qon shahrida yashovchi “qo‘qonlik tabib” I.Soliyev huzuriga avtomashinada bemor olib borilgan. Avtotransport vositasi 103 xizmatiga tegishli emasligi va u Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy klinikalardan biriga qarashli ekani ma’lum qilingan. “Videolavhadagi avtotransport vositasining orqa eshigida ko‘rsatilgan telefon raqami ham 103 xizmatiga taalluqli emas. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi barcha tez tibbiy yordam mashinalarida 103 xizmatiga doir logotiplar tushirilgan”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
Oldinroq Kun.uz muxbiri qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyevning bemorlarga qilayotgan “universal muolajasi” haqida surishtiruv e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

20:58 / 03.02.2025
2024 yilda tez yordamga yolg‘on chaqiriqlar soni kamaygani qayd etildi

19:11 / 05.12.2024
“Bitta brigada kuniga 25 tagacha chaqiriqqa chiqyapti” - Tez yordam qishda qanday ishlayapti?

20:04 / 07.10.2024