Putin Hindistonga boradi

Jahon 20:58 / 19.11.2024 5018

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy tashrif bilan Hindistonga boradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, RBK xabar berdi.

Putin Nyu-Dehliga tashrif buyurib, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashadi. Peskov so‘zlariga ko‘ra, safar «tez orada, juda tez orada» bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, Rossiya prezidentining tashrifi kunlarini Rossiya belgilaydi. Prezident matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, hozircha safarning aniq rejalari yo‘q.

Narendra Modi Rossiyaga 2024 yil iyul oyida tashrif buyurgan edi. Hindiston bosh vazirining tashrif dasturi ikki kunni tashkil etdi - u avvaliga Novo-Ogaryovoda, keyin Kremlda Putin bilan norasmiy muzokaralar olib bordi. Uchrashuvning asosiy natijasi 81 banddan iborat davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti bo‘lib, unda hamkorlik va uning «hozirgi murakkab va noaniq geosiyosiy vaziyatda» barqarorligi yuqori baholandi.

Shuningdek, Putin va Modi qo‘shma bayonotida Ukrainadagi urushni muloqot orqali tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligini ta’kidladilar.

Modi Rossiyaga so‘nggi olti oy ichida ikkinchi marta 2024 yil oktyabr oyida tashrif buyurdi. Keyin Qozondagi BRICS sammitida ishtirok etdi. Modi Putin va Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashgan edi.

Putinning so‘nggi xorijiy safarlari Turkmaniston (oktyabr), Mo‘g‘uliston (sentabr) va Ozarboyjonga (avgust) bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: