Niderlandiyada o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi

O‘zbekiston 13:56 476

O‘zbekiston diplomatlari Niderlandiyaning Vageningen universiteti va tadqiqot markazi rektori Karolin Kroeze bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va Vageningen universiteti o‘rtasida qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan akademik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Vageningen universiteti rektori O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi muassasalari bilan ta’lim va ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mamlakat mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etishga tayyorligini tasdiqladi.

Ko‘proq yangiliklar: