O‘zbekiston | 10:07 / 16.11.2024
3146
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani aytildi
O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida qariyb 6,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 951,3 ming nafarga yoki 17,2 foizga oshgan.
Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- Tojikiston – 1 878,5 ming nafar;
- Qirg‘iziston – 1 870,3 ming nafar;
- Qozog‘iston – 1 267,5 ming nafar;
- Rossiya – 686,7 ming nafar;
- Turkmaniston – 145,0 ming nafar;
- Turkiya – 95,7 ming nafar;
- Xitoy – 57,7 ming nafar;
- Hindiston – 55,9 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 36,5 ming nafar;
- Italiya – 36,3 ming nafar;
- boshqa davlatlar – 366,6 ming nafar.
Mavzuga oid

13:27 / 24.01.2025
Misr O‘zbekistonning tog‘li hududlarida turistik majmualar barpo etishi mumkin

20:40 / 02.12.2024
Meksika rossiyalik turistlarni mamlakatga kiritmayapti. Bunga ular AQShga o‘tib ketayotgani sabab bo‘lmoqda

17:26 / 30.11.2024
Kanadada tog‘da adashib qolgan turist 50 kundan keyin topildi

00:03 / 08.11.2024