Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yilishi mumkin
“Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonunning 13-moddasiga ko‘ra, Ichki ishlar organlari bolaga nisbatan zo‘ravonlik va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslikka yo‘l qo‘ygan ota-onalar to‘g‘risidagi axborotni vakolatli davlat organiga yuboradi. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, ularni tahlil qiladi.
Bundan tashqari, vakolatli davlat organiga bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘ilgan hollarda bolani ota-onasidan (ularning biridan) olib qo‘yishda ko‘maklashadi.
Bolani ota-onasidan (ularning biridan) olib qo‘yish asosi 38-moddada belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, bolaning hayoti yoki sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda vakolatli davlat ortgani bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olib qo‘yishga doir choralar ko‘rishga haqli. Bu fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan profilaktika inspektori ishtirokida amalga oshiriladi.
Bola olib qo‘yilganda vakolatli davlat organi zudlik bilan prokurorga xabar berishi, bolaning vaqtincha joylashtirilishini ta’minlashi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan bolani olib qo‘yish haqida hujjat qabul qilinganidan keyin 7 kun ichida ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat etishi shart.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach, 2025 yil 15 may kuni kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

16:13 / 23.07.2025
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda

12:17 / 19.06.2025
Qashqadaryoda kombayn ichiga tushib ketgan uch yoshli bola shifoxonaga yotqizildi

08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

12:31 / 30.04.2025