Bolalarga zo‘ravonlik qilganlar xulq-atvorini tuzatish choralari ko‘riladi

O‘zbekiston 08:42 408

Zo‘ravonlikning takroran sodir etilishining oldini olish hamda zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning xulq-atvorini o‘zgartirish yuzasidan psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tadi. Tuzatish dasturidan o‘tish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsda ruhiy holatning buzilishi mavjud bo‘lganda, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: