«Milliy bog‘» metro bekatida poyezd texnik nosozlik sabab to‘xtatildi

Jamiyat 23:29 / 14.11.2024 2877

Joriy yilning 14 noyabr kuni soat 21:48 lar atrofida «Milliy bog‘» bekatidan harakatlangan 24-sonli harakat tarkibidagi havo kompressorining bosimi me’yor talablarida emasligi aniqlandi, deb xabar beradi Toshkent metropoliteni.

Shu bois belgilangan yo‘riqnomaga asosan, ushbu harakat tarkibi harakatdan to‘xtatilgan. Shundan so‘ng poyezddagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va ortdan yuborilgan boshqa harakat tarkibi orqali tirkamaga olingan holda elektrodepo tomon olib ketilgan.

«Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

11 noyabr kuni «O‘zbekiston» metro bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan harakat tarkibida texnik jihatdan nosozlik holati kuzatilgandi. Undan oldin esa Toshkent metrosida poyezdning nosoz holati sabab juda katta tirbandlik yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: