Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi

Jahon 16:10 / 14.11.2024 2174

AQSh Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken 13 noyabr, chorshanba kuni AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelguniga qadar Vashington ixtiyoridagi «har bir dollar»ni Kiyevga o‘tkazishga va’da berdi.

Blinken NATO shtab-kvartirasida jurnalistlarga havo hujumidan mudofaa, artilleriya va zirhli mashinalar kabi harbiy yordam vositalarini sanab o‘tib, «Vashington Ukrainaning Rossiya agressiyasidan samarali mudofaasini ta’minlash uchun biz qilayotgan barcha ishlarimizga asoslanishda davom etadi», dedi. Bryusselda u NATO bosh kotibi Mark Ryutte hamda alyans rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi va unda Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi.

Ukraina hamkorlari kuchlarini birlashtirmoqda

Blinken so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilarning ushbu uchrashuvi maqsadi «Ukrainada 2025 yilda samarali kurashish yoki tinchlik muzokaralarini o‘tkazish uchun yetarli pul, o‘q-dorilar va safarbar etilgan qo‘shinlarga ega bo‘lishi uchun» kuchlarni birlashtirish edi.

Shu bilan birga, Blinken Ukraina Qurolli kuchlari uchun Rossiya hududiga G‘arb qurollari bilan zarba berish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish haqidagi savolga javob berishdan qochdi va Ukraina ittifoqchilari jang maydonida «o‘z ehtiyojlariga moslashayotganini» va buni davom ettirishini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: