Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobus boshqaruvni yo‘qotib YTH sodir etdi

Jamiyat 17:43 / 12.11.2024 2765

Toshkent shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2024 yil 11 noyabr kuni soat 06:00 larda “18-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi King Long rusumli, 121-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus bilan sodir bo‘lgan.

Avtobus Xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasining Uchtepa tumani Beltepa mazvesi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ko‘chatlar sotiladigan joyga kirib ketgan.

Oqibatda 1 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Avtobus texnik shikastlangan.

Surishtiruvlarda YTH avtobus haydovchisi aybi bilan sodir etilgan deb topilgan. Avtobusga yetkazilgan moddiy zararni qoplash haydovchi zimmasiga yuklangan.

Qayd etilishicha, hozirda holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, 11 noyabr kuni soat 19:50 larda King Long “gormoshka” avtobusi va Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda avtobus haydovchisi jarohat olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: