Portugaliyada Aleksey Navalniy memoriali ochildi. U Rossiya elchixonasi yaqinida joylashgan

Jahon 21:58 / 12.11.2024 1883

Lissabonda rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy nomiga atab memorial o‘rnatildi. Uchta tilda «Taslim bo‘lmang» so‘zlari yozilgan yodgorlik Rossiyaning Portugaliyadagi elchixonasidan 100 metr uzoqlikdan joy oldi, deb xabar beradi The Insider.

Memorial Portugaliyada istiqomat qiluvchi, Vladimir Putin va Ukraina urushiga qarshi bo‘lgan rossiyaliklar harakati — Portugaliyadagi ozod rossiyaliklar assotsiatsiyasi tomonidan o‘rnatildi.

Ochilish marosimida Navalniyning bevasi Yuliya va siyosatchi Leonid Volkov ishtirok etdi. «Buni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan tashabbuskor guruhga va barchasiga ruxsat bergan Lissabon munitsipal hokimiyatiga katta rahmat. Eng muhimi, Alekseyni yodidan chiqarmagan va uning xotirasini abadiylashtirishni istayotgan butun dunyodagi ajoyib insonlarga rahmat», — deydi Yuliya Navalnaya.

Aleksey Navalniyga atab o‘rnatilgan yodgorliklar u 2024 yilning fevralida Yamalo-Nenetsk avtonom okrugi Jazoni ijro etish federal boshqarmasida vafot etganidan keyin paydo bo‘lishni boshladi. Uning sheriklari Navalniy shaxsan Vladimir Putinning buyrug‘i bilan o‘ldirilganini ta’kidlab kelmoqda.

Avgust oyida multiplikator Pavel Muntyan Kiprdagi Pafos qirg‘og‘i yaqiniga Navalniyning tasviri tushirilgan bronza lavhani o‘rnatgan edi. Ko‘p o‘tmay uni sindirib tashlashdi, ammo Muntyan oktyabr oxirlarida memorialni qayta tikladi. Shuningdek, Nyu-York Markaziy bog‘ida ham Navalniy xotirasi uchun o‘rindiq paydo bo‘lgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: