O‘zbek parrandachilik mahsulotlari Misr bozoriga eksport qilinadi

O‘zbekiston 14:51 / 12.11.2024 833

Mamlakat elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirlarda O‘zbekistondan "Parrandasanoat" uyushmasi, qator kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston vakillari Misrning yirik vaksina ishlab chiqaruvchi Mevac kompaniyasining parrandachilik sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganishdi va vaksina ishlab chiqarish obektlariga tashrif uyushtirildi.

Qohiradagi IGLS transport-logistika kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Muhammad Foda bilan o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zbek parrandachilik mahsulotlarini Misr bozoriga eksport qilish bilan bog‘liq masalalar xususida fikr almashildi.

Tadbirlar doirasida vaksina sohasida hamkorlik qilish, tezkor logistika yo‘nalishlaridan foydalanish, tovarlar eksporti bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: