Germaniya bundestagida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlar sanasi ma’lum bo‘ldi

Jahon 20:28 / 12.11.2024 1487

Germaniya bundestagida muddatidan oldin saylovlar 2025 yil 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu sana bundestagdagi muxolifat bloki Xristian-demokratik ittifoqi (XDI), Xristian-sotsialistik ittifoq (XSI) va hukmron Sotsial-demokratik partiya (GSDP) yetakchilari tomonidan tasdiqlangan.

Qayd etilishicha, muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlar sanasi, shuningdek, Germaniya kansleri Olaf Shols tomonidan Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner ishdan bo‘shatilgani va uning ortidan Erkin demokratik partiyasidagi safdoshlari o‘z xohishiga ko‘ra iste’fo bersa-da, amaldagi hukumat koalitsiyasidan chiqmaslikka qaror qilgan «Ittifoq 90» / «yashillar» partiyasi bilan kelishilgan.

Shols jamoatchilik bosimi tufayli o‘z hukumatiga ishonch masalasini 15 yanvar kuni bundestagda ovozga qo‘yishi kutilmoqda. Hozircha bu rasman tasdiqlanmadi.

Muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlar sanasi bo‘yicha yakuniy qarorni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer qabul qilishi kerak.

Germaniyada hukmron koalitsiyaning qulashi

6 noyabr oqshomida Olaf Shols moliya vaziri va Erkin demokratik partiya (EDP) raisi Kristian Lindnerni hukmron partiyalar raislari va ularning parlamentdagi fraksiyalari rahbarlarini o‘z ichiga olgan koalitsiya qo‘mitasidagi mojarolar avj olganidan so‘ng ishdan bo‘shatdi. 

Qo‘mita yig‘ilishida Lindner o‘zining koalitsiyadagi hamkorlari — GSDP va «Ittifoq-90»/«yashillar» partiyasini mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazishga rozi bo‘lishga taklif qildi. U Germaniya uchun qo‘shimcha budjetni qabul qilishga tayyor bo‘lardi va parlament saylovlari o‘tkazilgunga qadar o‘tish davridagi vazirlar mahkamasi tarkibida qoladi.

Lindnerning ishdan bo‘shatilishini sharhlar ekan, Shols sobiq vazir uning ishonchini so‘ndirib, umumiy manfaatga emas, balki «mijozlari va partiyasiga» xizmat qilganini aytdi. 

Ko‘proq yangiliklar: