Pokiston O‘zbekistonda zaytun plantatsiyalarini tashkil etishi mumkin

O‘zbekiston 12:53 / 08.11.2024 2668

O‘zbekiston elchixonasida Gudjranvala Savdo-sanoat palatasi prezidenti Rana Muhammad Siddiq Xon bilan muzokara o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirish istiqbollari va Pokiston investitsiyalarini mamlakatimizga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Rana Siddiq Xon O‘zbekistonning Pokiston uchun muhim savdo hamkori sifatidagi ahamiyatini ta’kidlab, yaqin kelajakda turli sohalardagi biznes delegatsiyani mamlakatga yuborishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo hajmini oshirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston diplomatlari mamlakat turli hududlarida, jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida jun va terini qayta ishlash, zaytun plantatsiyalarini tashkil etish, to‘qimachilik fabrikalari hamda boshqa korxonalarni ochish bo‘yicha takliflarni bildirdi.

Pokiston vakili  yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan tanishish maqsadida  tashkilotga a’zo ishbilarmon doiralari vakillari bilan birga O‘zbekistonga safar qilish istagini bildirdi.

Gudjranvala Savdo-sanoat palatasi tomonidan Islomobodda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda O‘zbekiston  delegatsiyalarining ishtirokini ishlab chiqish, qo‘shma biznes-forumlar o‘tkazish masalalariga e’tibor qaratildi. Ushbu tadbirlar mezbon mamlakatda O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini namoyish etish va investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Ko‘proq yangiliklar: