Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi
Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari 202,9 mlrd so‘mlik 200 ta ijro ishini qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatgani aniqlandi.

Foto: MIB
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahri Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari ish yurituvidagi ijro hujjatlarini asossiz tamomlash oqibatida fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabariga ko‘ra, ular tomonidan 202,9 mlrd so‘mlik 200 ta ijro ishida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan, byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan «S.B» MChJdan davlat foydasiga 19 mlrd so‘mlik, «P.P» MChJdan 179,2 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatilgani oqibatida ushbu soliq qarzdorliklari bugungi kunga qadar undirilmagan.
Shuningdek, «SCG» MChJ dan 26,3 mlrd so‘m, «R.F.P.» MChJdan 19,4 mlrd so‘m va «Ya.M.S.E.T» MChJdan 1,7 mlrd so‘m davlat foydasiga soliq qarzdorliklarini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari mazkur korxonalar faoliyat yuritib kelayotgan manzili aniq bo‘la turib, asossiz tamomlangan.
Shu kabi «P.E.E.S» MChJdan undiruvchi «B.P.T» MChJning foydasiga jami 1,9 mlrd so‘m, «M.S.» MChJdan undiruvchi «S.» AJning foydasiga 1,1 mlrd so‘m qarzdorliklarni, qarzdor B.P.dan undiruvchi N.G.ning foydasiga 332 mln so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zararni, qarzdor «M.T» MChJdan davlat foydasiga 6,3 mlrd so‘m va 331 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar mavjud bo‘la turib, asossiz yakunlangan.
Holatlar yuzasidan o‘rganish mobaynida to‘plangan hujjatlar asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi
Ta’lim | 13:13
-
O‘zbekiston va Tojikiston chegaraoldi savdo markazlarini ochish rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot | 12:54
-
Amur oblastida yo‘qolgan samolyot qoldiqlari topildi
Jahon | 12:40
-
AQSh Kiyevga 322 mln dollarlik harbiy yordamni sotishni ma’qulladi
Jahon | 12:21
Mavzuga oid

11:29 / 19.07.2025
O‘zbekistonda 3500 nafar ona farzandlariga aliment to‘lab kelmoqda - MIB

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

19:24 / 06.03.2025