Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi
U sudning ijro varaqasi bo‘yicha ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan.

Foto: DXX
Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi, deb xabar berdi DXX.
Qayd qilinishicha, u o‘z xizmat vakolatidan foydalangan holda, bo‘ysunuvidagi davlat ijrochisi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasi bo‘yicha javobgarlarni ushbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan.
3 iyun kuni u talab qilingan pul mablag‘idan 1200 AQSh dollarini pora sifatida olgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan MIB mansabdor xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Mavzuga oid

10:00
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

09:12 / 12.07.2025
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi

10:16 / 10.07.2025