Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat 15:54 / 07.11.2024 1677

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro B.X. A.A.ning ishonchiga kirib, uni Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga 7400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro A.Q. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 10 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.    

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: