Tadbirkorlarga gaz bo‘yicha hisoblangan asossiz 3,7 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi

Iqtisodiyot 11:17 / 07.11.2024 2303

Raqobat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda

Jizzax viloyatida tog‘-kon hamda avtomobillarga yonilg‘i quyish faoliyatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari HUDUDGAZTA’MINOT AJ va uning HUDUDGAZ JIZZAX gaz ta’minoti filiali tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib, qo‘mitaning hududiy boshqarmasiga murojaatlar qoldirgan.

Mazkur murojaatlar yuzasidan qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, asossiz hisoblangan 3,7 mlrd so‘mga yaqin qarzdorlik HUDUDGAZTA’MINOT AJning maxsus elektron dasturida hisobdan chiqarilishi ta’minlanib, tadbirkorlarning huquqiy manfaatlari himoya qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: