O‘zbekiston va Italiya mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Iqtisodiyot 12:24 / 05.11.2024 1855

Tashrif mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish, ko‘chat yetishtirish va ularni sertifikatlashtirish bo‘yicha Italiyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida uyushtirildi.

Delegatsiya a’zolari Italiyaning yirik ko‘chatchilikka ixtisoslashgan va invitro laboratoriyalari, xususan, Vitroplant Italia, Battistini Vivai, Mazzoni Group, Salvi Vivai kompaniyalari hamda Italiya ko‘chatchilik markazi (CAV) faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Italiya Ko‘chatchilar uyushmasi milliy konsorsiumi tomonidan meva, zaytun, sitrus va rezavor ko‘chatchiligi sohasida ushbu mamlakatda sertifikatlash dasturini amalga oshirish to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

O‘zbekiston vakillari gilos, olma, o‘rik, nok, qulupnay va boshqa meva ko‘chatchiligi tizimi va uni sertifikatlash jarayoni bo‘yicha atroflicha ma’lumot oldilar.

Italiya Ko‘chatchilar uyushmasi va boshqa kompaniyalar bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: